Qonunchilikda yoki bitimda belgilangan asoslarsiz boshqa shaxs (jabrlanuvchi)ning hisobidan mol-mulkni egallab olgan yoki tejab qolgan shaxs (qo'lga kirituvchi) asossiz egallab olingan yoki tejab qolingan mol-mulkni (asossiz orttirilgan boylikni) jabrlanuvchiga qaytarib berishi shart, ushbu Kodeksning 1030-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan majburiyat, shuningdek mol-mulkni egallab olish yoki tejab qolish asosi keyinchalik bekor bo'lganda ham yuzaga keladi.
Ushbu bobning qoidalari asossiz boylik orttirish qo'lga kirituvchining, jabrlanuvchining o'zining, uchinchi shaxslarning xulq-atvori natijasi bo'lganligidan yoki ularning irodasidan tashqari sodir bo'lganligidan qat'i nazar qo'llaniladi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
1023-modda. Asossiz orttirilgan boylikni qaytarish majburiyati
(1023-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.