Fuqarolik kodeksi

1021-modda. Umumiy qoidalar

(1021-модда иккинчи қисмининг учинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 29 мартдаги ЎРҚ-761-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.03.2022 й., 03/22/761/0250-сон)

Ma'naviy zarar uni yetkazuvchining aybi bo'lgan taqdirda, zarar yetkazuvchi tomonidan qoplanadi, ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Ma'naviy zarar uni yetkazuvchining aybidan qat'i nazar, quyidagi hollarda qoplanadi, agar: zarar fuqaroning hayoti va sog'lig'iga oshiqcha xavf manbai tomonidan yetkazilgan bo'lsa; zarar fuqaroga uni qonunga xilof tarzda hukm qilish, qonunga xilof tarzda jinoiy javobgarlikka tortish, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishni yoki munosib xulq-atvorda bo'lish haqida tilxat olishni qonunga xilof tarzda qo'llanish, qonunga xilof tarzda ma'muriy jazo qo'llanish va qonunga xilof tarzda ushlab turish, shuningdek har qanday qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g'ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo'llash natijasida yetkazilgan bo'lsa; zarar or-nomus, qadr-qimmat va ishchanlik obro'-e'tiborini haqoratlovchi ma'lumotlarni tarqatish tufayli yetkazilgan bo'lsa; qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.