Бюджетный кодекс

30-modda. Hududiy iqtisodiyot va moliya organlarining byudjet sohasidagi vakolatlari

(30-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)

Hududiy iqtisodiyot va moliya organlari: Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, tumanlar va shaharlar byudjetlari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg'armalari mablag'lari loyihalarini tayyorlaydi hamda ularni tegishincha Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklariga ko'rib chiqish uchun kiritadi; soliqlarning, yig'imlarning, davlat bojlarining va soliq bo'lmagan to'lovlarning ularning manbalari kesimida to'liq va o'z vaqtida tushishi ustidan monitoringni amalga oshiradi; tegishli byudjetning ijro etilishi jarayonida unga tushumlarni ko'paytirish bo'yicha qo'shimcha zaxiralarni aniqlaydi; byudjet tashkilotlariga va byudjet mablag'lari oluvchilarga ular uchun nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablag'lar hajmlarini yetkazadi; byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetalari va shtat jadvallarini hamda byudjet mablag'lari oluvchilarning xarajatlar smetalarini, shuningdek ularga kiritilgan o'zgartirishlarni ro'yxatdan o'tkazadi; ushbu Kodeksning 146 — 148-moddalarida nazarda tutilgan tartibda tegishli byudjetlar parametrlariga moliya yili mobaynida o'zgartirishlar kiritadi; tegishli byudjetlarning mablag'laridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; yuqori turuvchi iqtisodiyot va moliya organlariga hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklariga tegishli byudjetning ijrosi to'g'risida har choraklik hisobotlarni taqdim etadi; byudjet tashkilotlari va byudjet mablag'lari oluvchilar xarajatlarini maqbullashtirishni amalga oshiradi; tegishli byudjetlar ijrosining byudjet hisobini yuritadi va byudjet hisobotini qabul qiladi; mahalliy davlat hokimiyati organlarining tegishli byudjetlar daromadlari va xarajatlari balansliligiga ta'sir ko'rsatuvchi normativ-huquqiy hujjatlarini moliyaviy va iqtisodiy ekspertizadan o'tkazadi. Qoraqalpog'iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan vakolatlar bilan bir qatorda: Davlat byudjeti daromadlari prognozining choraklar va tumanlar (shaharlar) kesimidagi taqsimot loyihasini ishlab chiqadi hamda tasdiqlash uchun Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga kiritadi; byudjet ssudalarini beradi. Hududiy iqtisodiyot va moliya organlari qonunchilikka muvofiq byudjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.