Бюджетный кодекс

31-modda. Byudjet mablag'larini taqsimlovchilarning byudjet sohasidagi vakolatlari

(31-модда биринчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)

Byudjet mablag'larini taqsimlovchilar: byudjetdan ajratiladigan mablag'larni olish uchun byudjet so'rovlarini O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi; byudjet buyurtmalarini tuzish uchun ko'rsatkichlarni va materiallarni o'z tasarrufidagi tashkilotlarga yetkazadi; xarajatlar smetalari va shtat jadvallarini tuzish uchun o'z tasarrufidagi tashkilotlarga ularning tegishli moliya yiliga byudjetdan ajratiladigan mablag'lari hajmlarini yetkazadi; o'z tasarrufidagi tashkilotlarning xarajatlar smetalari va shtat jadvallarini, shuningdek ularga kiritilgan o'zgartirishlarni ro'yxatdan o'tkazadi; tasdiqlangan xarajatlar smetalarini va jamlanma xarajatlar smetalarini, shtat jadvallarini, shuningdek ularga kiritilgan o'zgartirishlarni O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga ro'yxatdan o'tkazish uchun taqdim etadi; xarajatlar smetalari va shtat jadvallaridagi o'zgartirishlar to'g'risida o'z tasarrufidagi tashkilotlarni xabardor qiladi; o'z tasarrufidagi tashkilotlarda byudjet hisobi yuritilishini tashkil etish va nazorat qilishni ta'minlaydi; o'z tasarrufidagi tashkilotlardan moliyaviy hisobotlarni qabul qiladi; O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga tegishli davr uchun jamlanma moliyaviy hisobotlar taqdim etadi. Birinchi darajali byudjet mablag'larini taqsimlovchilar o'zining joriy xarajatlarini, shu jumladan davlat rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish uchun ajratilgan mablag'larni bir rivojlantirish dasturidan iqtisod qilingan mablag'lar doirasida boshqa rivojlantirish dasturiga qayta taqsimlashga haqli. Birinchi darajali byudjet mablag'larini taqsimlovchilarning rahbarlari O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to'g'risidagi Qonunga muvofiq o'zlariga O'zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan ajratilgan mablag'larning o'z vaqtida o'zlashtirilishi va ulardan samarali foydalanishi bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida o'tkaziladigan majlislarda ishtirok etadi hamda ushbu masalalar bo'yicha hisobot beradi. Birinchi darajali byudjet mablag'larini taqsimlovchilarning tashabbusiga ko'ra, ularga O'zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan ajratiladigan mablag'larning cheklangan miqdorlarini oshirishni nazarda tutuvchi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O'zbekiston Respublikasi Hukumati hujjatlari loyihalari ishlab chiqilganda, zarur hollarda mazkur loyiha tashabbuskorlari tomonidan bir vaqtning o'zida O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to'g'risidagi Qonunga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasi belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi. Byudjet mablag'larini taqsimlovchilar qonunchilikka muvofiq byudjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.