Закон «О банках и банковской деятельности»

47-modda. Prudentsial nazorat dasturi

(47-модда биринчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Markaziy bank har yili banklar faoliyati ustidan prudentsial nazorat dasturini tasdiqlaydi, bu dastur quyidagilarni o'z ichiga oladi: stress-test natijalari moliyaviy barqarorligida sezilarli tavakkalchiliklar mavjud ekanligini ko'rsatgan yoki bank faoliyati banklar va bank faoliyati to'g'risidagi qonunchilik talablariga muvofiq emasligi taxmin qilingan banklar; tizimli ahamiyatga ega bo'lgan banklar; Markaziy bankning fikriga ko'ra qo'shimcha nazorat qilinishi talab etiladigan banklar. Prudentsial nazorat dasturi: Markaziy bank tomonidan nazorat vazifalarini amalga oshirish va resurslarni taqsimlash tartibini; qo'shimcha nazorat qilinishi lozim bo'lgan banklarni aniqlash tartib-taomilini va ushbu moddaning uchinchi qismiga muvofiq uni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan choralarni; banklarni tekshirish rejasini o'z ichiga oladi. Markaziy bank bankning tavakkalchiliklarini baholash natijalarini hisobga olib, quyidagilarni o'z ichiga olgan tegishli choralarni ko'rishi mumkin: bankdagi tekshiruvlarning davriyligini oshirish; bank tomonidan qo'shimcha hisobotlar taqdim etish; bank tomonidan biznes-rejaning bajarilishi ustidan qo'shimcha tekshiruvlar o'tkazish; muayyan tavakkalchiliklar bo'yicha mavzuli tekshiruvlar o'tkazish.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.