Закон «О банках и банковской деятельности»

46-modda. Tekshirish va baholash jarayoni

(46-модданинг биринчи ва иккинчи қисмлари Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Markaziy bank banklar tomonidan foydalaniladigan tizimlar, strategiyalar, tartib-taomillar hamda mexanizmlarning banklar va bank faoliyati to'g'risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligini tekshiradi, shuningdek banklarning mavjud va ehtimoldagi tavakkalchiliklarini, shu jumladan alohida banklar tomonidan bank (moliya) tizimiga xavf soluvchi tavakkalchiliklarni baholaydi. Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan tekshiruvlar va baholashlarda banklar tomonidan banklar va bank faoliyati to'g'risidagi qonunchilik talablarining bajarilishi zarurligi hisobga olinadi. Markaziy bank ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan tekshiruvlar va baholashlarning natijalari asosida bank faoliyatining ixtisoslashuvi, miqyosi va murakkabligini, shuningdek oqilona boshqaruvning ta'minlanganligi hamda tavakkalchiliklarning o'rni bankning regulyativ muvofiqlik mexanizmlari, kapitali va likvidliligi bilan qoplanganligi darajasini aniqlaydi. Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan tekshiruvlar va baholashlarni o'tkazish davriyligi va darajasi Markaziy bank tomonidan mutanosiblik printsipidan, shuningdek bank faoliyatining tizimdagi ahamiyati, ixtisoslashuvi, miqyosi va murakkabligidan kelib chiqib, davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan kelishuvlarsiz va xabar berilmasdan mustaqil ravishda belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.