Markaziy bank quyidagi hollarda banklar ustidan konsolidatsiyalashgan nazoratni amalga oshirishi kerak:
banklar guruhi tashkil etilganda;
Markaziy bank tomonidan bankni asosiy bank deb yoki asoslangan mulohazalarga ko'ra bank guruhining a'zosi deb belgilaganda.
Bank faqat bitta banklar guruhining ishtirokchisi bo'lishi mumkin.
Markaziy bank samarali hamkorlikni, axborot almashinuvini tashkil etish va konsolidatsiyalashgan asosda samarali nazorat o'rnatish maqsadida boshqa mamlakatlarning bank nazorati organlari bilan (agar mavjud bo'lsa) mazkur mamlakatlarning qonunlari bilan qo'riqlanadigan sirlarga, shaxsga doir ma'lumotlar va konfidentsial axborotdan foydalanish tartibiga rioya etgan holda hamjihatlik va hamkorlik to'g'risida yozma kelishuvlar tuzishga haqli.
Banklar ustidan konsolidatsiyalashgan nazoratni amalga oshirishning o'ziga xos xususiyatlari Markaziy bank tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matnЗакон «О банках и банковской деятельности»
48-modda. Konsolidatsiyalashgan nazorat
(48-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 20 сентябрдаги ЎРҚ-964-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.09.2024 й., 03/24/964/0736-сон — 2024 йил 22 декабрдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.