16 yoshdan boshlab to pensiyaga chiqish huquqini olishgacha bo'lgan yoshdagi, ishga va ish haqi (mehnat daromadi)ga ega bo'lmagan, haqiqatda ish qidirayotgan, mehnat qilishga, kasb-kor tayyorgarligi va qayta tayyorgarlikdan o'tishga tayyor shaxs sifatida ish bilan ta'minlash davlat xizmatlarida ro'yxatga olingan va shu xizmatlar maqbul keladigan ishni taklif qilmagan, lekin mehnatga layoqatli shaxslar ishsizlar deb hisoblanadilar.
Ish bilan ta'minlash davlat xizmatida ro'yxatga olingan paytdan boshlab 10 kun ichida taklif etilgan o'ziga maqbul ishni ikki marta rad etgan shaxslar ish qidirayotgan deb e'tirof etilmaydi va taklif etilgan ishni rad qilgan vaqtdan boshlab 30 kalendar kun o'tgandan keyingina ishsiz sifatida takroran ro'yxatga olinish huquqiga ega bo'ladi.
Ishsizlar sifatida ro'yxatga olish tartibi O'zbekiston Respublikasining normativ hujjatlari bilan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn«Aholini ish bilan ta'minlash to'g'risida»gi qonun
3-modda. Ishsizlar
(3-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 1993 йил 7 майдаги 854-ХII-сон Қонуни таҳририда — Олий Кенгаш Ахборотномаси, 1993 й., 6-сон, 238-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.