«Aholini ish bilan ta'minlash to'g'risida»gi qonun

29-modda. Ishsizlik nafaqalarini to'lash shartlari va muddatlari

(29-модданинг 4-банди Ўзбекистон Республикасининг 1994 йил 6 майдаги 1086-XII-сон Қонуни таҳририда — 1994 й., 5-сон, 161-модда)

1. Ishsizlik nafaqasi belgilangan tartibda ishsiz deb topilgan shaxslarga ular aholini ish bilan ta'minlash davlat xizmatida ro'yxatdan o'tgan kunlaridan boshlab tayinlanadi. Ishsizlik nafaqalari olish huquqi ish bilan ta'minlash davlat xizmatida ro'yxatdan o'tgan paytdan boshlab kechi bilan o'n birinchi kundan keyin kuchga kiradi va ishga joylashtirish masalasi hal etilgunga qadar amal qilib turadi. 2. Ishsizlik nafaqalarini to'lash muhlati ishidan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo'lgan yoki uzoq (bir yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini tiklashga harakat qilayotgan shaxslar uchun o'n ikki oylik davr mobaynida 26 kalendar haftasidan, ilgari ishlamagan, birinchi bor ish qidirayotgan shaxslar uchun esa 13 kalendar haftasidan oshmasligi kerak. 3. Ishsiz nafaqa olish davrida faol ish qidirishi va har ikki haftada kamida bir marta ish bilan ta'minlash davlat xizmatlarida yo'qlamadan o'tishi kerak. 4. Xodimlar soni (shtatlar) qisqartirilishi, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi munosabati bilan ishdan bo'shagan, ishsiz deb e'tirof etilgan, shuningdek pensiya ta'minoti to'g'risidagi qonunlarga muvofiq umumiy mehnat staji pensiyaga chiqish huquqiga ega bo'lgan shaxslar muddatidan oldin (qonunlarda belgilangan muddatdan 2 yil oldin) pensiyaga chiqishga haqlidirlar.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.