1. Ishidan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo'lgan shaxslar uchun ishsizlik nafaqasi avvalgi ish joyidagi oxirgi bir yilgi ish haqiga foiz nisbatida belgilanadi. Boshqa hamma hollarda ishsizlik nafaqasi eng kam miqdordagi ish haqiga foiz nisbatida belgilanadi.
2. 16 yoshga to'lmagan bolalari va qaramog'ida boshqa kishilar bo'lgan ishsizlarga nafaqa miqdori 10 foiz oshiriladi.
3. Ish haqiga koeffitsiyentlar belgilangan joylarda yashovchi shaxslarga ishsizlik nafaqasi miqdorlari ularning shu joylarda yashagan davri uchun mazkur joyda noishlab chiqarish tarmoqlarining xodimlariga belgilangan koeffitsiyentni qo'llagan holda tayinlanadi.
4. Ishsizlik nafaqasining miqdori belgilangan tartibda indekslanishi lozim.
lex.uz’dagi asl matn«Aholini ish bilan ta'minlash to'g'risida»gi qonun
30-modda. Ishsizlik nafaqasi miqdorlarini aniqlash tartibi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.