Yo'l harakati to'g'risidagi qonun

17-modda. Yo'l harakatini tashkil etishga doir tadbirlar

(17-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)

Yo'l harakatini tashkil etishga doir tadbirlar jumlasiga quyidagilar kiradi: transport oqimlarining harakatlanish polosalari bo'yicha taqsimlanishini boshqarish, shu jumladan transport oqimlarining harakatlanishini transport vositalarining toifalariga, harakat tezligiga va yo'nalishiga, ularning harakatlanish vaqtiga qarab guruhlarga bo'lish; yo'llarning o'tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish, shu jumladan transport vositalarining harakat xavfsizligiga tahdid soluvchi to'siqlar va sharoitlarni bartaraf etish, chorrahalarni rekonstruktsiya qilish, yo'l o'tkazgichlarni qurish; svetofor ob'yektlarini tizimli boshqarish, ularning yo'l harakatini tartibga solish tsikllarini maqbullashtirish; yo'l harakatini tashkil etish to'g'risidagi hujjatlarda belgilangan hududlar chegaralarida svetofor ob'yektlari ko'rsatkichlarining o'zaro aloqadorligini belgilash; piyodalar va velosipedchilar harakatini ta'minlash, shu jumladan piyodalar o'tish joylarini va velosipedchilar yo'laklarini belgilash, qurish, jihozlash hamda tartibga solish maqsadida yo'l infratuzilmasini rivojlantirish; yo'nalishli transport vositalarining harakatlanishi uchun ustuvorlikni joriy etish; yo'ldan tashqarida to'xtab turish joylarini rivojlantirish; transport vositalarining harakatlanishini cheklash yoki taqiqlash. Transport vositalarining yo'llarda taqsimlanishini boshqarishda yo'llarni qurish, rekonstruktsiya qilish, kapital ta'mirlash va ta'mirlash bo'yicha tadbirlar, shuningdek yo'l harakatini tashkil etishning asosiy ko'rsatkichlariga ta'sir ko'rsatadigan kapital qurilishning boshqa turlari hisobga olinishi kerak. Milliy standartlar talablariga muvofiq bo'lmagan yo'l harakatini tashkil etishning texnik vositalarini joylashtirishga yo'l qo'yilmaydi. Yo'l harakatini tashkil etishga doir tadbirlar maxsus vakolatli davlat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bevosita yoki korxonalar, muassasalar va tashkilotlarni, shu jumladan tadbirkorlik sub'yektlarini qonunchilikda belgilangan tartibda jalb etgan holda amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.