Yo'l harakati to'g'risidagi qonun

16-modda. Yo'l harakatini tashkil etishga doir umumiy talablar

Yo'l harakatini tashkil etish texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarga javob beradigan texnik vositalardan foydalangan holda amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasining butun hududida yo'l harakatini tashkil etish O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan yagona tartib asosida amalga oshiriladi. Yo'llarda transport vositalarining o'ng tomonlama harakati belgilanadi. Yo'l harakatini tashkil etishga doir tadbirlarni ishlab chiqish qonunchilik talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.