Yo'l harakati to'g'risidagi qonun

18-modda. Yo'l harakatini tashkil etishning asosiy ko'rsatkichlari

(18-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)

Yo'l harakatini tashkil etishning asosiy ko'rsatkichlaridan maxsus mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va vakolatli davlat organlari tomonidan yo'l harakatini tashkil etishning texnik vositalarini o'rnatishda, yo'l harakatining monitoringini amalga oshirishda, yo'lning o'tkazuvchanlik qobiliyatini aniqlashda, transport vositalarining harakatlanishini cheklashda yoki taqiqlashda foydalaniladi. Yo'l harakatini tashkil etishning asosiy ko'rsatkichlari quyidagilardan iborat: yo'l harakatini tavsiflovchi ko'rsatkichlar — yo'lning o'tkazuvchanlik qobiliyati, harakatning jadalligi, transport oqimining tarkibi, transport vositalari harakatlanishining o'rtacha tezligi, yo'lning bir kilometrida harakatlanayotgan transport vositalarining o'rtacha soni (harakat zichligi); yo'lning transport-ekspluatatsiya ko'rsatkichlari — harakatlanishning belgilangan tezlik bilan ta'minlanganligi, yo'lning o'tkazuvchanlik qobiliyati, yo'lning harakatlanish bilan yuklanganlik darajasi, harakatning uzluksizligi va qulayligi, yo'lning toifasiga qarab transport vositalarining o'qlariga tushadigan og'irlikka va yuk ko'tarish qobiliyatiga ko'ra o'tkazish quvvati yoki umumiy yuk ko'tarish hajmi; yo'lning geometrik va fizik ko'rsatkichlari — qatnov qismining hamda yo'l yoqasi mustahkamlangan qismining kengligi, bo'ylama qiyaliklarning kattaligi, tik va yotiq egriliklar radiuslari, burilishlarning yo'l tuproq ko'tarmasi yonbag'irlarining nishabligi, ko'rinuvchanlik masofalari, ko'priklar, yo'l o'tkazgichlarining hamda boshqa yo'l sun'iy inshootlarining o'lchamlari, yuk ko'tarish quvvati, muhandislik inshootlarining va yo'l elementlarining holati, qatnov qismining hamda yo'l bo'yidagi qoplamalarning kengligi, yo'l tuproq ko'tarmasining mustahkamligi, o'zgaruvchanligi, yopishuvchanligi hamda holati, gidroizolyatsiya tizimining holati va yaroqliligi; yo'l harakati ishtirokchilarining harakat davomida vaqt yo'qotishini (kechikishini) tavsiflovchi ko'rsatkichlar, tirband joylar soni; yo'l harakati xavfsizligini tavsiflovchi ko'rsatkichlar — sodir bo'lgan yo'l-transport hodisalarining, yo'l transport hodisalari oqibatida badaniga shikast yetkazilgan va halok bo'lgan shaxslarning, avariya o'choqlarining, shuningdek Yo'l harakati qoidalarini buzish bilan bog'liq ma'muriy huquqbuzarliklarning soni.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.