Egalik qilishga, foydalanishga, ijaraga berilgan yoki boshqa asoslarga binoan olingan yer uchastkasini saqlash vazifasi qonunchilikka muvofiq quyidagi majburiyatlar bilan ta'minlanishi mumkin:
yer uchastkasini sotish yoki o'zgacha tarzda boshqa shaxsga o'tkazishni taqiqlash, bundan xususiy mulk bo'lgan yer uchastkalarining boshqa shaxsga o'tkazilishi va ushbu Kodeks 24-moddasining o'n uchinchi qismida hamda 24⁵-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno;
yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga va yordamchi pudratga, ushbu Kodeks 51-moddasining o'ninchi qismida nazarda tutilgan holatda esa, ijaraga berishni taqiqlash;
yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini o'zgartirishni taqiqlash;
faoliyatning ayrim turlarini taqiqlash;
belgilangan tartibda kelishuvsiz ko'chmas mol-mulkning tashqi ko'rinishini o'zgartirishni, imorat, bino, inshootni rekonstruktsiya qilish yoki buzishni taqiqlash;
yer unumdorligini saqlash va oshirish, irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini soz holatda saqlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
yer uchastkasida qurilish qilishni yoki uni o'zlashtirishni belgilangan muddatlar mobaynida boshlash va tugallash;
tabiatni muhofaza qilish talablariga rioya qilish yoki muayyan ishlarni bajarish, shu jumladan yer uchastkasidagi tuproq qatlamini, noyob o'simliklarni, davlat tabiat yodgorliklarini, shuningdek moddiy madaniy meros ob'yektlarini asrash.
Yer uchastkasini saqlash vazifasi qonunchilikda belgilangan boshqa majburiyatlar, cheklashlar yoki shartlar bilan ham ta'minlanishi mumkin.
Yer uchastkasini saqlash vazifasi shartlari uning huquqiy maqomiga kiritilib, davlat ro'yxatiga olinishi lozim va u yer uchastkasi boshqa shaxsga o'tganida saqlab qolinadi.
Yer uchastkasini saqlash vazifasining tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn29-modda. Yer uchastkasini saqlash vazifasi
(29-модда биринчи қисмининг тўртинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 5 майдаги ЎРҚ-1061-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 05.05.2025 й., 03/25/1061/0409-сон)
Oddiy tilda
**Yer uchastkasini saqlash vazifasi**
Nimani anglatadi
Yer uchastkasining egasi yoki foydalanuvchisi uni muhofaza qilish va to'g'ri ishlash uchun qonun bilan belgilangan majburiyatlarni bajarishi kerak. Bu vazifalar yer uchastkasining huquqiy holatiga kiradi va yangi egaga o'tganda ham saqlanib qoladi.
Kimga tegishli
Bu majburiyatlar yer uchastkasining egasi, ijarachisi yoki boshqa qonuniy foydalanuvchisiga tegishli.
Amalda
Agar siz yer uchastkasiga ega bo'lsangiz, uni sotishdan oldin davlat ro'yxatiga saqlash shartini kiritishingiz kerak. Masalan, qimmatbaho tuproqli yer uchastkasini faqat qishloq xo'jaligi maqsadida ishlatish shartini qo'yish mumkin, boshqa maqsadda o'tkazish taqiqlanadi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.