Yer kodeksi

28-modda. Yer uchun haq to'lash

(28-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 5 майдаги ЎРҚ-1062-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 05.05.2025 й., 03/25/1062/0410-сон)

O'zbekiston Respublikasida yer uchastkalarini olganlik va yerdan foydalanganlik uchun haq to'lanadi. Yer uchastkalarini olgan yuridik va jismoniy shaxslar ushbu Kodeksga muvofiq elektron onlayn-auktsion natijalariga ko'ra yoki baholovchi tashkilot tomonidan belgilanadigan miqdorda haq to'laydi, shuningdek qishloq xo'jaligi va o'rmon xo'jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o'rnini qoplaydi. O'z egaligida va foydalanishida hamda mulkida yer uchastkalari bo'lgan yuridik va jismoniy shaxslar yerlardan foydalanganlik uchun haq to'laydi. Yerdan foydalanganlik uchun haq har yili to'lanadigan yer solig'i shaklida olinadi, uning miqdori yer uchastkasining sifatiga, joylashishiga va suv bilan ta'minlanish darajasiga qarab belgilanadi. Yer solig'ining stavkalari, uni hisoblash va to'lash tartibi qonunchilik bilan belgilanadi. Yer uchastkalari ijaraga berilganda yer uchun haq ijara haqi shaklida olinadi. Davlat mulkida bo'lgan yer uchastkalari uchun ijara haqi yer solig'iga tenglashtiriladi. Yer uchastkalarini ijaraga olgan shaxslar yer uchun ijara haqini yer solig'i to'lovchilar uchun belgilangan tartibga muvofiq byudjetga to'laydi. Agar qonunda va ijara shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, ushbu tartib doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan yer uchastkalari ijarasiga nisbatan ham qo'llaniladi. Xususiy mulk bo'lgan yer uchastkalari uchun ijara haqi miqdori va to'lov shakli ijaraga beruvchi hamda ijaraga oluvchi o'rtasida mustaqil ravishda shartnomada belgilanadi. Bunda yer solig'ini to'lash majburiyati ijaraga beruvchining zimmasiga yuklatiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.