Yer to'g'risidagi qonunchilik ushbu Kodeksdan va yer munosabatlarini tartibga soluvchi boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat.
Qoraqalpog'iston Respublikasida yer munosabatlari Qoraqalpog'iston Respublikasining qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi.
Tog', o'rmon va suv bilan bog'liq munosabatlar, tuproq, o'simlik va hayvonot dunyosidan, shuningdek atmosfera havosidan foydalanish va ularni muhofaza qilishga oid munosabatlar maxsus qonunchilik bilan tartibga solinadi.
Agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O'zbekiston Respublikasining yer to'g'risidagi qonunchiligidagidan boshqacha qoidalar belgilangan bo'lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo'llaniladi.
lex.uz’dagi asl matnYer kodeksi
3-modda. Yer to'g'risidagi qonunchilik hujjatlari
(3-модда Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон )
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.