«Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida»gi qonun

6-modda. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish sohasidagi yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta'minlaydi; xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini va strategiyalarni tasdiqlaydi; tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlanuvchilarni qo'llab-quvvatlash, ularning xavfsizligini, jismoniy va ruhiy reabilitatsiyasini hamda moslashuvini ta'minlash bo'yicha tuzilmalarni tashkil etadi; xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi vakolatli organlarning hamkorligini muvofiqlashtiradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.