Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari quyidagilardan iborat:
xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish sohasidagi gender siyosatini, davlat dasturlarini hamda strategiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
jamiyatda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlikka doir murosasizlik muhitini yaratish;
xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilinishini ta'minlash;
jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonuniylikni mustahkamlash;
xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlikning oldini olish, ularni aniqlash, ularga chek qo'yish uchun samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni yaratish;
xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlik sodir etilishiga olib keladigan sabablar hamda shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini ko'rish;
tazyiq va zo'ravonlikning oldini olish maqsadida davlat organlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari hamkorligini ta'minlash.
lex.uz’dagi asl matn«Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida»gi qonun
5-modda. Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.