O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi:
xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlarni, strategiyalarni hamda qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda ishtirok etadi;
xotin-qizlarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlarida ijtimoiy reabilitatsiya qilishga hamda o'z joniga qasd qilishning oldini olishga doir tadbirlar o'tkazadi;
tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarning huquqlari va erkinliklarini ta'minlash monitoringini o'tkazadi;
tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlanuvchilarga ijtimoiy, huquqiy va psixologik xizmatlar ko'rsatadi;
nizoli vaziyatlarni profilaktika qilishga, tazyiq va zo'ravonlikning oldini olishga doir dasturlarni va uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqishda hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ko'zlab, sudlarga davlat boji to'lamasdan ariza, shikoyat va da'volar taqdim etadi, sud majlislarida o'zining vakolatli vakili orqali ishtirok etadi;
Tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarning huquqlari va erkinliklari ta'minlanishini monitoring qilish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn«Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida»gi qonun
6¹-modda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari
(6¹-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 1 июлдаги ЎРҚ-1156-сонли Қонунига асосан саккизинчи хатбоши билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 02.07.2026 й., 03/26/1156/0670-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.