«Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida»gi qonun

4-modda. Tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlanuvchining huquqlari

Tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlanuvchi quyidagi huquqlarga ega: o'ziga nisbatan tazyiq va zo'ravonlik sodir etilganligi yoki ularni sodir etish tahdidi to'g'risidagi ariza bilan tegishli vakolatli organlarga hamda tashkilotlarga yoxud sudga murojaat etish; maxsus markazlarda, shuningdek bepul telefon liniyasi orqali tekin huquqiy maslahat, iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy va boshqa yordam olish; ichki ishlar organlariga himoya orderi berish to'g'risidagi talab bilan murojaat qilish, himoya orderi shartlari buzilgan taqdirda esa, ularni bu haqda xabardor qilish; sodir etilgan tazyiq va zo'ravonlik natijasida o'ziga yetkazilgan moddiy zararning o'rni qoplanishi hamda ma'naviy ziyon kompensatsiya qilinishi to'g'risidagi talab bilan sudga murojaat etish. Tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlanuvchi yetkazilgan moddiy zararning o'rnini qoplash hamda ma'naviy ziyonni kompensatsiya qilish to'g'risidagi ariza bilan sudga murojaat etganda davlat boji to'lashdan ozod qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.