Agar qarzdorning to'lov qobiliyatini tiklashning haqiqiy imkoniyati aniqlansa, tashqi boshqaruv tartib-taomili kreditorlar yig'ilishining iltimosnomasi, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bo'lgan qarzdor bo'yicha esa vakolatli davlat organining arizasi asosida sud tomonidan joriy etiladi.
Sudning tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish haqidagi ajrimi darhol ijro etilishi lozim va bu ajrim ustidan qonunchilikda belgilangan muddatda shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Tashqi boshqaruv tartib-taomili, agar ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, o'n ikki oydan yigirma to'rt oygacha muddatga joriy etiladi.
Tashqi boshqaruv tartib-taomili uchun belgilangan muddat ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan muddatlar doirasida kreditorlar yig'ilishining iltimosnomasiga, vakolatli davlat organining qaroriga yoki tashqi boshqaruvchining arizasiga ko'ra sud tomonidan qisqartirilishi yoki uzaytirilishi mumkin.
Sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruv tartib-taomillarining jami muddati o'ttiz oydan oshmasligi kerak.
Agar sud sanatsiyasi tartib-taomili joriy etilgan sanadan to sud tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish to'g'risidagi masalani ko'rib chiqish kuniga qadar o'n sakkiz oydan ortiq vaqt o'tgan bo'lsa, sud qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqida qaror chiqaradi.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
108-modda. Tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish tartibi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.