«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)

107-modda. Ta'minot bergan shaxslarning majburiyatlarni bajarmasligi oqibatlari

Majburiyatlarni bajarish ta'minotini bergan shaxslar tomonidan shu ta'minotdan kelib chiqadigan majburiyatlar kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun sud belgilagan muddatda bajarilmagan hamda tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish uchun asoslar mavjud bo'lmagan taqdirda, sud qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to'g'risida qaror qabul qiladi. Majburiyatlarni bajarish ta'minotini bergan shaxslar tomonidan shu ta'minotdan kelib chiqadigan majburiyatlar kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan muddatda bajarilmaganligi qonunchilikka muvofiq ushbu shaxslarning qarzdorning kreditorlar oldidagi majburiyatlari yuzasidan solidar yoki subsidiar javobgarligiga sabab bo'ladi. Bunday holda to'lovga qobiliyatsizlikning keyingi tartib-taomili jarayonida sud boshqaruvchisi sudga ta'minotni bergan shaxslarga nisbatan da'vo bilan murojaat qilishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.