Kreditorlar bilan hisob-kitoblar tamomlangach yoki sud tomonidan kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun belgilangan muddat o'tgach, sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi qarzdorning majburiyatlarini shaxslar tomonidan ta'minot berilgan holda bajarish yakunlari to'g'risida sudga hisobot taqdim etishi shart. Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining hisoboti va kreditorlarning shikoyatlari sud tomonidan majlisda ko'rib chiqiladi. Hisobotga qo'yiladigan talablar, shuningdek uni taqdim etish va ko'rib chiqish tartibi ushbu Qonunning 132 va 133-moddalarida belgilanadi.
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining hisobotini, kreditorlarning shikoyatlarini ko'rib chiqish yakunlariga ko'ra sud:
agar to'lanmagan qarz mavjudligi aniqlansa, kreditorlarning shikoyatlari esa asossiz deb topilsa, sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining hisobotini tasdiqlaydi va to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ish yuritishni tugatish to'g'risida ajrim chiqaradi;
agar qoplanmagan qarz borligi aniqlangan va kreditorlarning shikoyatlari asosli deb topilgan bo'lsa, sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining hisobotini tasdiqlashni rad etadi hamda tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish haqida ajrim chiqaradi yoxud qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to'g'risida qaror qabul qiladi.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
106-modda. Ta'minotdan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish yakunlari to'g'risidagi hisobot
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.