O'zbekiston Respublikasi Prezidenti 2020 yilning alohida sharoitlarida quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishga haqlidir:
1) ushbu Kodeksda va «2020 yil uchun O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan ayrim soliqlar va yig'imlar (bundan qo'shilgan qiymat solig'i va yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq mustasno) stavkalarini o'zgartirish;
2) ushbu Kodeksda belgilangan soliqlar, shu jumladan ular bo'yicha bo'nak va joriy to'lovlar hamda yig'imlarni to'lash muddatlarini uzaytirish;
3) soliq, moliyaviy hisobotlarni va (yoki) soliqlarni hisoblab chiqarish bilan bog'liq boshqa hujjatlarni, shuningdek ularni taqdim etmaganlik (o'z vaqtida taqdim etmaganlik) uchun javobgarlikni qo'llamaslik asoslari va (yoki) shartlarini taqdim etish muddatlarini uzaytirish;
4) soliqlar, penyalar va jarimalarni to'lash bo'yicha kechiktirish yoki bo'lib-bo'lib to'lash imkoniyatini berish, shuningdek ularni berish tartibi va shartlarini qayta ko'rib chiqish;
5) soliqlar, yig'imlar, penyalar va jarimalarni to'lash to'g'risidagi talabnomalarni jo'natish va ijro etish muddatlarini, shuningdek soliqlar, yig'imlar, penyalar, jarimalarni undirish to'g'risida qarorlar qabul qilish muddatlarini uzaytirish;
6) soliqlar va yig'imlar bo'yicha (bundan qo'shilgan qiymat solig'i va yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq mustasno) soliq imtiyozlarini berish;
7) soliqlar, penyalar va jarimalarni majburiy undirish choralarini to'xtatib turish.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan normativ-huquqiy hujjatlarning amal qilishi davrida yuzaga keladigan huquqiy munosabatlar ushbu normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda soliq to'g'risidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
481-modda. Alohida sharoitlarda qo'shimcha vakolatlar berish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.