Soliq kodeksi

482-modda. Soliqlarni, soliqlar bo'yicha bo'nak to'lovlarini to'lash bo'yicha foizsiz to'lashni kechiktirishning yoki bo'lib-bo'lib to'lashni qo'llashning va alohida sharoitlarda soliq majburiyatlarini bajarishning vaqtinchalik tartibi

(482-модда Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 2 апрелдаги ЎРҚ-923-сонли Қонунига асосан ўн иккинчи ва ўн учинчи қисмлар билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 03.04.2024 й., 03/24/923/0264-сон — 2023 йил 1 июлдан эътиборан юзага келган муносабатларга нисбатан ҳам татбиқ этилади)

Soliqlarni, soliqlar bo'yicha bo'nak to'lovlari bo'yicha foizsiz kechiktirish yoki bo'lib-bo'lib to'lash imkoniyati quyidagilar bo'yicha beriladi: ushbu Kodeks 17-moddasi birinchi qismining 6, 7 va 8-bandlarida ko'rsatilgan soliqlar bo'yicha — mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan, agar ushbu qismning uchinchi xatboshisida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa. Ko'rsatilgan soliqlarga nisbatan kechiktirish yoki bo'lib-bo'lib to'lash imkoniyati 2020 yil 31 dekabrga qadar soddalashtirilgan asosda, olti oydan ko'p bo'lmagan muddatga berilishi mumkin; ushbu Kodeks 17-moddasi birinchi qismining 6 — 9-bandlarida ko'rsatilgan soliqlar va aylanmadan olinadigan soliq bo'yicha — o'z faoliyatini to'xtatgan va (yoki) tovarlar (xizmatlar) realizatsiyasidan tushumlar miqdori 2020 yilning birinchi choragida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi o'rtacha oylik ko'rsatkichga nisbatan 50 foizdan ko'proqqa kamayadigan mikrofirmalar, kichik korxonalar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga. Bunday soliqlarga nisbatan ushbu moddaning beshinchi qismida belgilangan tartibda 2020 yil 31 dekabrga qadar kechiktirish (bo'lib-bo'lib to'lash) imkoniyati berilib, kechiktirish (bo'lib-bo'lib to'lash) imkoniyati berilgan soliqlar summalari keyinchalik to'lanadi. Ushbu Kodeksning 11-bobida nazarda tutilgan soliqlarni to'lash bo'yicha kechiktirish yoki bo'lib-bo'lib to'lash imkoniyatini berish tartibi soliqlarni to'lash bo'yicha foizsiz kechiktirish yoki bo'lib-bo'lib to'lash imkoniyatini berishning ushbu moddada nazarda tutilgan tartibiga nisbatan tatbiq etilmaydi. Soliqlarni, soliqlar bo'yicha bo'nak to'lovlarni to'lash bo'yicha foizsiz kechiktirish va bo'lib-bo'lib to'lashning: 1) ushbu modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisida ko'rsatilgan imkoniyati — soliq to'lovchining arizasi hamda O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi hududiy bo'linmalari rahbarlarining xulosalari asosida, boshqa hujjatlar talab qilib olinmagan holda beriladi; 2) ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida ko'rsatilgan imkoniyati — mikrofirmalar, kichik korxonalar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan ular soliq organlariga quyidagilarni taqdim etgan taqdirda qo'llaniladi: soliq solish ob'yekti joylashgan joy bo'yicha — mol-mulk solig'i, yer solig'i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo'yicha kechiktirishni (bo'lib-bo'lib to'lashni) qo'llash to'g'risidagi bildirishni ushbu Kodeks 417-moddasining oltinchi qismida, 432-moddasining birinchi qismida va 448-moddasining uchinchi qismida belgilangan soliqni, soliq bo'yicha bo'nak to'lovini to'lash muddatlaridan kechiktirmay, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan esa mol-mulk solig'i va yer solig'i bo'yicha kechiktirishni (bo'lib-bo'lib to'lashni) qo'llash to'g'risidagi bildirishni; soliqqa doir hisobga olish joyi bo'yicha — aylanmadan olinadigan soliq va ijtimoiy soliq bo'yicha kechiktirishni (bo'lib-bo'lib to'lashni) qo'llash to'g'risidagi bildirishni soliq hisobotini taqdim etish uchun belgilangan muddat bilan bir vaqtda. Soliq to'lovchilar tomonidan ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida ko'rsatilgan soliqlarni, soliqlar bo'yicha bo'nak to'lovlarini to'lash bo'yicha kechiktirishni (bo'lib-bo'lib to'lashni) soliq organlarini xabardor qilmagan holda qo'llanilganligiga soliqlarni, soliqlar bo'yicha bo'nak to'lovlarini o'z vaqtida to'lamaganlik sifatida qaraladi. Mazkur hollarda bunday soliq to'lovchilarni aniqlagan soliq organlari to'lanmagan soliqlarning, soliqlar bo'yicha bo'nak to'lovlarining summasiga ushbu Kodeksning 110-moddasida belgilangan tartibda penya hisoblaydi. Ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida ko'rsatilgan, kechiktirish (bo'lib-bo'lib to'lash) imkoniyati berilgan soliqlarga nisbatan soliqning, soliqlar bo'yicha bo'nak to'lovlarining summalarini to'lash amalga oshiriladi: 1) ijtimoiy soliq bo'yicha — olti oy davomida teng ulushlarda, ushbu Kodeks 407-moddasining beshinchi qismida va 408-moddasining beshinchi qismida belgilangan soliqni to'lash muddatlaridan kechiktirmay; 2) quyidagilar bo'yicha o'n ikki oy davomida teng ulushlarda: yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo'yicha — ushbu Kodeks 417-moddasining oltinchi qismida belgilangan soliq bo'yicha bo'nak to'lovlarini to'lash muddatidan kechiktirmay, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun esa har oyning o'n beshinchi kunidan kechiktirmay; yuridik shaxslarning yer solig'i bo'yicha — ushbu Kodeksning 432-moddasi birinchi qismida belgilangan soliqni to'lash muddatidan kechiktirmay, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun esa — har oyning o'n beshinchi sanasidan kechiktirmay; suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo'yicha — ushbu Kodeks 448-moddasining uchinchi qismida belgilangan soliq bo'yicha bo'nak to'lovlarini to'lash muddatidan kechiktirmay; aylanmadan olinadigan soliq bo'yicha — har oyning o'n beshinchi kunidan kechiktirmay. Ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq mol-mulk va yer solig'ining 2020 yil 31 dekabrdagi holatiga ko'ra kechiktirilgan hamda to'lanmagan summalarini to'lash 2022 yil 1 yanvardan e'tiboran amalga oshiriladi. Bunda mahalliy davlat hokimiyati organlari ushbu modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisiga muvofiq kechiktirilgan soliq summasi keyinchalik to'lanadigan, biroq ikki yildan ko'p bo'lmagan muddatni mustaqil ravishda belgilashga haqli. Soliqlarni, soliqlar bo'yicha bo'nak to'lovlarini to'lash bo'yicha kechiktirish yoki bo'lib-bo'lib to'lash imkoniyati berilgan davrda soliq to'lovchi tugatilgan taqdirda kechiktirilgan (bo'lib-bo'lib to'lash imkoniyati berilgan) to'lov summasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda byudjet tizimiga to'lanadi. 2020 yil uchun jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni va jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig'ini to'lash 2020 yil 15 oktyabrga qadar amalga oshiriladi. 2020 yilda foyda solig'ining soliq to'lovchisi joriy hisobot davri birinchi oyining yigirmanchi kunigacha joriy hisobot davri uchun foyda solig'i bo'yicha har oylik bo'nak to'lovlari summasi to'g'risidagi ma'lumotnomani soliq bo'yicha hisobga olish joyidagi soliq organiga mo'ljallanayotgan foydadan kelib chiqqan, foyda solig'ini o'tgan chorak natijalari asosida hisoblab chiqarishning belgilangan talabi bekor qilingan holda taqdim etishga haqlidir. Foyda solig'i bo'yicha bo'nak to'lovlari summasini kamaytirish holatlari aniqlangan taqdirda, soliq organlari har oylik bo'nak to'lovlari summasini qayta ko'rib chiqishga haqli. Ushbu Kodeksning 393-moddasida ko'rsatilgan daromadlar bo'yicha soliq to'lovchilar 2019 yil uchun jami yillik daromadlar to'g'risidagi deklaratsiyani doimiy yashash joyidagi soliq organiga 2020 yil 1 avgustga qadar taqdim etadi. 2019 yil uchun jami yillik daromadlari to'g'risidagi deklaratsiya ma'lumotlariga ko'ra jismoniy shaxslardan olinadigan hisoblab chiqarilgan daromad solig'ini to'lash bunday deklaratsiyani taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi. Umumiy ovqatlanish korxonalariga aylanmadan olinadigan soliq, foyda solig'i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yuridik shaxslardan olinadigan yer solig'i, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo'yicha 2021 yil 15 avgust holatiga ko'ra yuzaga kelgan qarzdorlikni, shuningdek barcha soliqlar va yig'imlar bo'yicha jarimalar hamda penyalarni 2022 yil 1 yanvardan 1 iyulga qadar bo'lgan davrda mahalliy davlat hokimiyati organlariga ariza yubormasdan, soliq organlarini xabardor qilgan holda foizlarni to'lamasdan, teng ulushlarda kechiktirib (bo'lib-bo'lib) to'lash huquqi beriladi. «Hamkorlik shartnomalari»ga asosan «20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis» dasturiga kiritilgan tadbirkorlik sub'yektlariga (bundan Toshkent shahrida ro'yxatdan o'tgan tadbirkorlik sub'yektlari mustasno) ushbu Kodeks 17-moddasi birinchi qismining 2, 3 (bundan to'lov manbaidan olinadigan foyda solig'i mustasno) va 5 — 9-bandlarida ko'rsatilgan soliqlarni hamda aylanmadan olinadigan soliqni ushbu sub'yektlar yaratgan yangi ish o'rinlari soniga qarab quyidagi muddatlarda bo'lib-bo'lib to'lash imkoniyati beriladi: 51 tadan 100 tagacha yangi ish o'rni yaratilganda — uch oygacha; 101 tadan 200 tagacha yangi ish o'rni yaratilganda — olti oygacha; 200 tadan ortiq yangi ish o'rni yaratilganda — o'n ikki oygacha. Ushbu moddaning o'n ikkinchi qismida ko'rsatilgan soliqlar bo'yicha bo'lib-bo'lib to'lash imkoniyati: «20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis» dasturiga kiritilgan tadbirkorlik sub'yektlarining arizasiga asosan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo'mitasi tomonidan; ushbu Kodeksning 13-bobida nazarda tutilgan mol-mulk garovi, kafillik yoxud bank kafolati ta'minotisiz ushbu Kodeksning 100-moddasida nazarda tutilgan foizlar hisoblanmagan holda, shuningdek moliyaviy holat tahlil qilinmagan va ushbu Kodeks 101-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar taqdim etilmagan holda (bundan ushbu Kodeks 98-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno) beriladi»;
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.