Jismoniy shaxslarning islomiy moliya faoliyati bilan shug'ullanuvchi bank va mikromoliya tashkilotlariga vositachilik (topshiriq), ishonchli boshqaruv yoki sherikchilik asosida mablag' taqdim etish to'g'risidagi shartnomalarga muvofiq olingan daromadlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i solinmaydi.
Islomiy moliya faoliyati doirasida ko'chmas mulklarni moliyaviy ijaraga (islomiy ijaraga) beruvchi banklar va mikromoliya tashkilotlari mol-mulk solig'i to'lovchilari deb e'tirof etiladi.
Islomiy moliya faoliyati doirasida moliyaviy ijara (islomiy ijara) shartnomasiga muvofiq moliyaviy ijaraga (islomiy ijaraga) berilgan (olingan) ko'chmas mulk ob'yektlari bo'yicha ijaraga beruvchi banklar va mikromoliya tashkilotlari yer solig'i to'lovchisi deb e'tirof etiladi.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
480⁶-modda. Islomiy moliya operatsiyalari doirasida boshqa soliqlar solish
(71²-боб Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 27 мартдаги ЎРҚ-1126-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 28.03.2026 й., 03/26/1126/0279-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 29 июнь)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.