Urban Planning Code

16-modda. Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar

Tegishli litsenziyaga ega bo'lgan yuridik shaxslar, shuningdek shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish bo'yicha faoliyatni boshlash to'g'risida vakolatli organni xabardor qilish asosida faoliyat yuritadigan yuridik shaxslar shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar (bundan buyon matnda ishlab chiquvchilar deb yuritiladi) bo'lishi mumkin. Ishlab chiquvchilar: ishlab chiqiladigan shaharsozlik hujjatlarining tarkibi va hajmini qonun hujjatlariga muvofiq belgilash; shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishga doir tanlovlarda ishtirok etish; shaharsozlik hujjatlarini amalga oshirish bo'yicha mualliflik nazoratini olib borish; qurilish, montaj ishlari va maxsus ishlar tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari hamda normativ talablardan fuqarolarning hayoti va sog'lig'iga tahdid soladigan, madaniy meros ob'yektlarining shikastlanishi hamda yo'q qilinishi xavfini tug'diradigan, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning, jamiyat va davlatning manfaatlariga ziyon keltiradigan tarzdagi chetga chiqishlar bilan bajarilgan taqdirda, qurilish, montaj ishlarini va maxsus ishlarni to'xtatib turish yoki tugatish haqida takliflar kiritish; zarur hollarda, shaharsozlik hujjatlariga o'zgartirishlar kiritish huquqiga ega. Ishlab chiquvchilar: shaharsozlik hujjatlarining qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilishini ta'minlashi; o'zlari ishlab chiqqan shaharsozlik hujjatlarini barcha manfaatdor organlar va tashkilotlar bilan kelishib olishi shart. Ishlab chiquvchilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi va ularning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.