Urban Planning Code

15-modda. Shaharsozlik faoliyati sohasidagi buyurtmachilar

Quyidagilar shaharsozlik faoliyati sohasidagi buyurtmachilar bo'lishi mumkin: davlat organlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar; davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar. Buyurtmachilar: shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchini tanlash hamda u bilan bu hujjatlarni ishlab chiqishga doir shartnomani tuzish; ob'yektlarni qurish bo'yicha pudratchini tanlash va u bilan pudrat shartnomasini tuzish huquqiga ega. Buyurtmachilar: shaharsozlik to'g'risidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etishi; shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish uchun topshiriqlarni tayyorlashi va tasdiqlashi; shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilarga loyihalashtirishga doir birlamchi-ruxsat beruvchi hujjatlarni, shu jumladan arxitektura-rejalash topshirig'ini, topografik materiallarni, muhandislik-geologik qidiruvlarning va tayanch qurilish konstruktsiyalarining texnik holatini tekshiruvdan o'tkazish materiallarini, nuqsonlarga oid dalolatnomalarni taqdim etishi; shaharsozlik hujjatlarining ekspertizadan o'tkazilishini ta'minlashi; loyihalashtirish jarayoni ustidan tekshiruvni va qurilish sifati ustidan texnik nazoratni amalga oshirishi, qurilish jarayonida kamchiliklar va nuqsonlar aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf etish yuzasidan choralar ko'rishi; shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchi bilan tuzilgan shartnoma asosida shaharsozlik hujjatlarini amalga oshirish bo'yicha mualliflik nazorati amalga oshirilishini ta'minlashi; hududiy inspektsiyalar tomonidan qurilishi tugallangan ob'yektni ekspluatatsiya qilish uchun ruxsatnoma berilganidan keyin foydalanishning kafolat muddati davomida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilishini tashkil qilishi shart. Buyurtmachilarga, bundan asosiy faoliyat turi sifatida qurilish-montaj ishlarini olib boruvchi tashkilotlar mustasno, pudratchi bilan qurilish pudrati shartnomasini tuzmasdan mustaqil ravishda (xo'jalik usulida) balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq, ikki qavatdan yuqori (tsokolni hisobga olmagan holda) bo'lgan ob'yektlarni qurish, rekonstruktsiya qilish va kapital ta'mirlash taqiqlanadi. Buyurtmachilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi va ularning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.