Urban Planning Code

17-modda. Ob'yektlarni qurish bo'yicha pudratchilar

(17-модда тўртинчи қисмининг тўртинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 10 сентябрдаги ЎРҚ-960-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 11.09.2024 й., 03/24/960/0699-сон)

Tegishli litsenziyaga ega bo'lgan yuridik shaxslar shuningdek jismoniy shaxslar ob'yektlarni qurish bo'yicha pudratchilar (bundan buyon matnda pudratchilar deb yuritiladi) bo'lishi mumkin. Jismoniy shaxslar pudratchilar sifatida: ikki qavatdan yuqori bo'lmagan (tsokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo'lmagan yakka tartibdagi uy-joylarni qurish; mavsumiy ishlar va yaylov chorvachiligi uchun vaqtinchalik imoratlarni, xo'jalik-maishiy binolarini qurish; yakka tartibdagi tomorqa yer uchastkalari hududida, shuningdek jamoa bog'dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkalarida xo'jalik-maishiy imoratlarini qurish; tomorqa yer uchastkalarida va mavjud muhandislik tarmoqlarini o'zgartirish talab etilmaydigan jamoa bog'dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkalarini obodonlashtirish; umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo'lmagan, yig'ma-qismlarga ajraladigan konstruktsiyalardan quriladigan savdo ob'yektlari, umumiy ovqatlanish va maishiy xizmat ko'rsatish ob'yektlari uchun bir qavatli bino va inshootlarni qurish; ikkitadan ko'p bo'lmagan avtomashinaga mo'ljallangan bokslardan iborat garajlarni qurish; kichik arxitektura shakllarini qurish va hududlarni o'rash; ochiq sport maydonchalari, yo'laklar qurish, bino va inshootlar atrofiga tosh yotqizish; reklama va axborot ob'yektlarini (konstruktsiyalarini) qurish; mulkdorlarning shaxsiy foydalanishi uchun mo'ljallangan texnik jihatdan murakkab bo'lmagan imoratlarni qurish bo'yicha ishlarni amalga oshirishi mumkin. Pudratchilar: binolar, inshootlar va boshqa ob'yektlarning yangi konstruktiv yechimlarini ishlab chiqishda ishtirok etish; ishlab chiquvchi, shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organining tegishli hududiy bo'linmasi va buyurtmachi bilan kelishgan holda shaharsozlik hujjatlariga binolarning, inshootlarning va boshqa ob'yektlarning arxitektura-badiiy qiyofasini hamda konstruktiv yechimini yomonlashtirmagan tarzda texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarni yaxshilaydigan o'zgartirishlar kiritish; ishlab chiquvchidan zarur texnik maslahatlar olish huquqiga ega. Pudratchilar: qurilishni tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga muvofiq amalga oshirishi; shaharsozlik to'g'risidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga, shaharsozlik hujjatlarida qabul qilingan yechimlarga rioya etishi; buyurtmachining texnik nazoratiga oid, ishlab chiquvchining mualliflik nazoratiga oid qonuniy talablarini hamda O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi huzuridagi qurilish sohasidagi nazorat bo'yicha hududiy inspektsiyalarning qonuniy talablarini bajarishi; ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etuvchi barcha xodimlarni mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi anjomlari, jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalari bilan ta'minlashi; buyurtmachiga qurilishi tugallangan ob'yektda bajarilgan ishlarning tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari hamda shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiqligi to'g'risidagi deklaratsiyani (bundan buyon matnda muvofiqlik deklaratsiyasi deb yuritiladi) taqdim etishi shart. Pudratchilar qurilishning pirovard natijalari va pudrat shartnomasida belgilangan majburiyatlarga muvofiq shartnoma narxiga rioya etilishi uchun javobgar bo'ladi. Pudratchilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi va ularning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.