Law on the Securities Market

26-modda. Investitsiya vositachisining faoliyati

(26-модданинг бешинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Mijozning topshirig'iga binoan, mijoz nomidan va uning hisobidan qimmatli qog'ozlarga doir bitimlar hamda operatsiyalarni amalga oshiruvchi qimmatli qog'ozlar bozorining professional ishtirokchisi investitsiya vositachisidir. Investitsiya vositachisi mijozlarining qimmatli qog'ozlari va pul mablag'lari, agar qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organi tomonidan boshqacha qoida belgilanmagan bo'lsa, investitsiya vositachisining o'z hisobvaraqlaridan alohida hisobvaraqlarda turishi kerak. Investitsiya vositachisi har bir mijozning qimmatli qog'ozlari va pul mablag'lari hisobini yuritishi, qimmatli qog'ozlarga doir bitimlar va operatsiyalarni mijoz bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshirishi, tuzilgan bitimlar va amalga oshirilgan operatsiyalar to'g'risida unga hisobot berishi shart. Investitsiya vositachisi mijozlarning qimmatli qog'ozlarni sotib olish va sotishga buyurtma berish, o'tkazish borasidagi topshiriqlarini vijdonan hamda ularning kelib tushishi tartibida bajarishi kerak. Mijozlarning topshirig'iga binoan amalga oshiriladigan bitimlar investitsiya vositachisining o'z dilerlik operatsiyalariga nisbatan ustun ravishda bajarilishi kerak. Agar investitsiya vositachisi tomonidan tegishli topshiriq olinguniga qadar investitsiya vositachisi va uning mijozi o'rtasidagi mijoz xabardor qilinmagan manfaatlar to'qnashuvi mijozga zarar yetkazilishiga olib kelsa, investitsiya vositachisi zararning o'rnini qonunchilikda belgilangan tartibda qoplashi shart. Investitsiya vositachisi tomonidan investitsiya vositachisi sifatidagi faoliyatni to'xtatib turish, tugatish to'g'risida qaror qabul qilingan yoki u tugatilgan taqdirda, tegishli axborot qaror qabul qilingan paytdan e'tiboran ikki ish kuni ichida ommaviy axborot vositalarida va fond birjasining rasmiy veb-saytida e'lon qilinadi. Investitsiya vositachisi sifatida o'z faoliyatini to'xtatib turayotgan, tugatayotgan yoki tugatilayotgan investitsiya vositachisida hisobi yuritilayotgan qimmatli qog'ozlar mijozning qaroriga ko'ra bir haftalik muddatda boshqa investitsiya vositachisiga o'tkaziladi, bunday qaror mavjud bo'lmagan taqdirda esa, qimmatli qog'ozlarning egasi tanlagan investitsiya vositachisiga qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan muddatlarda keyinchalik o'tkazish uchun Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysiga (faoliyatni to'xtatib turish hollari bundan mustasno) o'tkaziladi. Yuridik shaxsni — investitsiya vositachisini tugatish qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organi ushbu moddaning oltinchi qismida ko'rsatilgan harakatlar yakunlanganligini yozma ravishda tasdiqlaganidan keyingina amalga oshirilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.