Law on the Securities Market

25-modda. Qimmatli qog'ozlar bozorida professional faoliyatni birga qo'shib olib borishga doir cheklovlar

(25-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 29 октябрдаги ЎРҚ-726-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.10.2021 й., 03/21/726/1001)

Investitsiya fondining faoliyati boshqa turdagi faoliyat bilan birga qo'shib olib borilishi mumkin emas. Investitsiya maslahatchisi, agar u emitentlarga qimmatli qog'ozlarga bo'lgan huquqlarni hisobga olish tizimiga taalluqli hujjatlarni qabul qilish, ularga ishlov berish va ularni topshirish xizmatlarini (transfer-agent xizmatlarini) ko'rsatayotgan bo'lsa, investitsiya vositachisi professional faoliyatini amalga oshirishga haqli emas. Professional faoliyatni birga qo'shib olib borish va qimmatli qog'ozlar bo'yicha operatsiyalarni o'tkazishga doir qo'shimcha cheklovlar qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.