Investitsiya vositachisi depozitar operatsiyalarni amalga oshirayotganda:
manfaatdor shaxslarning qimmatli qog'ozlarni va pul mablag'larini hisobga olish qoidalari bilan tanishib chiqish imkoniyatini ta'minlashi;
deponentlarning har biriga tegishli qimmatli qog'ozlarning soni va nominal qiymati hisobini yuritishi;
qimmatli qog'ozlarga majburiyatlar yuklatilganligi, shuningdek ularning tugatilganligi faktlari hisobini yuritishi;
qimmatli qog'ozlarga doir bitimlar tuzish va mijozlarning hisobvaraqlari bo'yicha operatsiyalar bajarish uchun asos bo'lgan birlamchi hujjatlarni idoraviy arxivda saqlashi;
depo hisobvaraqlari bo'yicha operatsiyalarni deponentlarning yoki ular vakil qilgan shaxslarning yozma topshiriqlari asosida amalga oshirishi, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
deponentning qimmatli qog'ozlarga bo'lgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarini uning depo hisobvarag'idan tegishli ko'chirma bergan holda tasdiqlashi;
mijozlarning hisobvaraqlaridagi qimmatli qog'ozlar va pul mablag'larining mavjudligi va harakati, ularning holati to'g'risidagi axborotning maxfiyligini ta'minlashi, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
depo hisobvarag'i bo'yicha operatsiyalarni qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organining, monopoliyaga qarshi davlat organining, shuningdek sudning, surishtiruv va tergov organlarining qarorlari asosida qonunchilikda belgilangan tartibda to'xtatib turishi;
o'z faoliyatiga taalluqli ma'lumotlarni qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organining, davlat soliq xizmati organining, monopoliyaga qarshi davlat organining, shuningdek sudning, surishtiruv va tergov organlarining yozma talablariga ko'ra qonunchilikda belgilangan doirada va tartibda taqdim etishi;
o'zi yetkazgan zararning o'rnini ushbu Qonunning 23-moddasiga muvofiq kafolat fondini shakllantirishda ishtirok etish, shuningdek qonunchilikka muvofiq javobgarlikni sug'urta qilish yo'li bilan qoplash imkoniyatini nazarda tutishi;
qimmatli qog'ozlar egalarining reyestrini shakllantirish uchun zarur bo'lgan qimmatli qog'ozlarning egalari to'g'risidagi ma'lumotlarni Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysining talabiga ko'ra taqdim etishi;
o'zida hisobga olinadigan qimmatli qog'ozlar va ularning emitentlari rekvizitlariga Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysidan olingan ma'lumotlar asosida o'zgartirishlar kiritishi shart.
Investitsiya vositachisining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin.
Investitsiya vositachisi tomonidan mijozlarning pul mablag'larini hisobga olish va ularning but saqlanishini ta'minlash tartibi qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn27-modda. Investitsiya vositachisining depozitar operatsiyalarni amalga oshirish chog'idagi faoliyati
(27-модда биринчи қисмининг олтинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.