«Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida»gi qonun

34-modda. To'lovlarni kafolatlash jamg'armasining moliyaviy va boshqa hisobotlari

To'lovlarni kafolatlash jamg'armasi maxsus vakolatli davlat organiga moliyaviy hamda boshqa hisobotlarni shu organ belgilagan shaklda va muddatlarda taqdim etadi. To'lovlarni kafolatlash jamg'armasining O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan va o'z nomi yozilgan muhri bo'ladi. To'lovlarni kafolatlash jamg'armasi yillik moliyaviy hisobotining to'g'riligi auditorlik tashkiloti tomonidan tasdiqlanishi kerak. To'lovlarni kafolatlash jamg'armasining yillik moliyaviy hisoboti kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi. To'lovlarni kafolatlash jamg'armasining yillik moliyaviy hisoboti maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan shaklda va muddatlarda matbuotda e'lon qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.