«Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida»gi qonun

33-modda. Kuzatuv kengashi

(33-модда олтинчи қисмининг саккизинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Kuzatuv kengashi To'lovlarni kafolatlash jamg'armasi faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi. Kuzatuv kengashining tarkibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Kuzatuv kengashiga rais boshchilik qiladi. Kuzatuv kengashining majlislari kengash raisi yoki kuzatuv kengashi a'zolarining kamida uchdan bir qismi tomonidan zaruriyatga ko'ra, biroq yilning har choragida kamida bir marta chaqiriladi. Kuzatuv kengashi, agar majlisda a'zolarining kamida uchdan ikki qismi hozir bo'lsa, qarorlar qabul qilishga vakolatlidir. Kuzatuv kengashining qarori, agar uni majlisda hozir bo'lganlarning kamida uchdan ikki qismi yoqlab ovoz bergan bo'lsa, qabul qilingan hisoblanadi. Kuzatuv kengashi: sug'urtalovchilarning kalendar muddatlarda to'lanadigan badallari stavkalarini, kalendar muddatlarda to'lanadigan badallarning eng yuqori summalarini, badallarni hisob-kitob qilish tartibini va to'lash muddatlarini tasdiqlaydi; maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishgan holda agent bankni tanlaydi; To'lovlarni kafolatlash jamg'armasining mablag'larini davlat qimmatli qog'ozlari va boshqa aktivlarga joylashtirish yuzasidan qaror qabul qiladi; To'lovlarni kafolatlash jamg'armasining mablag'laridan foydalanish tartibini, shu jumladan joriy faoliyatga doir xarajatlar smetasini tasdiqlaydi; To'lovlarni kafolatlash jamg'armasining ijro etuvchi organini shakllantiradi va uning faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi; auditorlik tashkilotini belgilaydi; qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.