Sug'urtalovchilar:
To'lovlarni kafolatlash jamg'armasidan uning faoliyati to'g'risidagi axborotni so'rash va olishga;
tuzilgan majburiy sug'urta shartnomalarining soni, majburiy sug'urta bo'yicha olingan sug'urta mukofotlarining, majburiyatlarning va to'langan sug'urta tovonlarining miqdorlari haqidagi axborotni To'lovlarni kafolatlash jamg'armasidan so'rash hamda olishga haqli.
Sug'urtalovchilar:
To'lovlarni kafolatlash jamg'armasi bilan yozma bitimlar tuzishlari;
ushbu Qonunda belgilangan majburiy badallarni o'z vaqtida va to'la hajmda to'lashlari;
tuzilgan majburiy sug'urta shartnomalarining soni, majburiy sug'urta bo'yicha olingan sug'urta mukofotlarining, majburiyatlarning va to'langan sug'urta tovonlarining miqdorlari haqida To'lovlarni kafolatlash jamg'armasiga axborot taqdim etishlari shart.
lex.uz’dagi asl matn«Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida»gi qonun
35-modda. Majburiy sug'urta bo'yicha faoliyatni amalga oshiruvchi sug'urtalovchilarning huquqlari va majburiyatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.