Oila kodeksi

135-modda. Alimentni ixtiyoriy to'lash

(135-модда Ўзбекистон Республикасининг 2018 йил 9 январдаги ЎРҚ-459-сонли Қонунига асосан учинчи қисм билан тўлдирилган — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 10.01.2018 й., 03/18/459/0536-сон)

Aliment to'lashi shart bo'lgan shaxs alimentni ixtiyoriy ravishda shaxsan yoki o'z arizasiga muvofiq ishlab turgan joyida yoxud pensiya, nafaqa, stipendiya va boshqa turdagi mablag' olayotgan joyida to'lanadi. Voyaga yetmagan bolalar uchun olinadigan aliment arizaga muvofiq ushbu Kodeksning 99-moddasida belgilangan miqdorlarda ushlab qolinadi. Voyaga yetmagan bolalar ta'minoti uchun alimentlar bola voyaga yetguniga qadar bo'lgan davr uchun, shu jumladan ko'chmas yoki ko'char mulk yoxud boshqa qimmatli ashyoni berish yo'li bilan oldindan to'lanishi mumkin. Alimentning ixtiyoriy ravishda to'lab turilishi aliment undiruvchini aliment undirish haqidagi da'vo yoki ariza bilan xohlagan vaqtda sudga murojaat qilish huquqidan mahrum etmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.