Oila kodeksi

134-modda. Aliment to'lash to'g'risidagi kelishuvga binoan aliment to'lash usullari va tartibi

Aliment to'lash to'g'risidagi kelishuv bo'yicha aliment to'lash usullari va tartibi shu kelishuv bilan belgilanadi. Alimentlar: aliment to'lashi shart bo'lgan shaxsning ish haqi va (yoki) boshqa daromadiga nisbatan ulushlarda; vaqti-vaqtida pul bilan to'lanadigan qat'iy summada; bir yo'la pul bilan to'lanadigan qat'iy summada; mol-mulk bilan yoki kelishuvda qayd etilgan boshqa usullarda to'lanishi mumkin. Aliment to'lash haqidagi kelishuvda aliment to'lashning turli usullarini birga qo'shib qo'llash nazarda tutilishi mumkin. Aliment to'lash to'g'risidagi kelishuv bo'yicha to'lanadigan aliment miqdorini indeksatsiya qilish shu kelishuvga muvofiq amalga oshiriladi. Agar aliment to'lash to'g'risidagi kelishuvda indeksatsiya qilish tartibi ko'rsatilmagan bo'lsa, indeksatsiya ushbu Kodeksning 144-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.