Oila kodeksi

136-modda. Alimentni sud tartibida undirish

(136-модданинг иккинчи ва учинчи қисмлари Ўзбекистон Республикасининг 2003 йил 12 декабрдаги 568-II-сон Қонунига мувофиқ иккинчи, учинчи ва тўртинчи қисмлар билан алмаштирилган — Олий Мажлис Ахборотномаси, 2004 й., 1-2-сон, 18-модда)

Aliment olish huquqiga ega bo'lgan shaxs, aliment talab qilish huquqi vujudga kelganidan so'ng qancha muddat o'tganidan qat'i nazar, xohlagan vaqtda aliment undirish to'g'risidagi talab bilan sudga murojaat qilishga haqlidir. Mazkur shaxs, nizo bo'lmagan taqdirda, voyaga yetmagan bolalar uchun aliment undirish to'g'risidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqli bo'lib, bu ariza buyruq tartibida ish yuritish tarzida ko'rib chiqiladi. Aliment sudga murojaat etilgan paytdan boshlab undiriladi. Agar ta'minot uchun mablag' olish choralari sudga murojaat qilingunga qadar ko'rilganligi, ammo aliment to'lashi shart bo'lgan shaxsning uni to'lashdan bosh tortganligi oqibatida aliment olinmaganligi sud tomonidan aniqlansa, o'tgan davr uchun aliment sudga murojaat etilgan paytdan boshlab uch yillik muddat doirasida undirib olinishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.