«Ommaviy axborot vositalari to'g'risida»gi qonun

24-modda. Ommaviy axborot vositalari mahsulotlarini tarqatish tartibi

Ommaviy axborot vositalarining mahsulotlarini bevosita noshirning va tahririyatning o'zi yoki shartnoma asosida aloqa korxonalari, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar tarqatishi mumkin. Ommaviy axborot vositasining har bir alohida sonini tarqatishga muharrir (bosh muharrir) uni chop etishga (efirga berishga) ruxsat etganidan keyingina yo'l qo'yiladi. O'zbekiston Respublikasi hududida xorijiy mamlakatlar ommaviy axborot vositalari mahsulotlarini tarqatish O'zbekiston Respublikasi tegishli qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalar qoidalari asosida amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.