«Ommaviy axborot vositalari to'g'risida»gi qonun

23-modda. Teleko'rsatuv va radioeshittirish materiallarining saqlanishi

Televideniye, radioeshittirish tahririyatlari teleko'rsatuvlar va radioeshittirishlar materiallarini (plyonkalarni) ular efirga berilganidan so'ng bir oy davomida saqlab turishlari, oldindan yozib olmay, to'g'ridan-to'g'ri efirga beriladigan ko'rsatuvlar va eshittirishlarni ro'yxatga olish daftarini yuritishlari, ularning mavzui, namoyish etilgan (efirga berilgan) kuni, boshlangan va tugagan vaqti, ularni olib borgan kishining familiyasi va ismini qayd etib borishlari shart. Teleko'rsatuvlar va radioeshittirishlarni ro'yxatga olish daftari unga so'nggi yozuv kiritilgan kundan boshlab bir yil davomida saqlanadi. Tarixiy, ilmiy, madaniy va boshqa yo'sindagi ahamiyatga molik materiallar qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda saqlanishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.