Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan ta'sis etilgan ommaviy axborot vositalari mazkur organlarning rasmiy xabarlarini e'lon qilishlari shart.
Favqulodda vaziyatlar to'g'risidagi shoshilinch xabarlar yoki davlatning vakolatli organlari tomonidan omma e'tiboriga zudlik bilan yetkazish maqsadida berilgan xabarlar barcha ommaviy axborot vositalarida e'lon qilinadi.
Sudning aynan shu ommaviy axborot vositasida e'lon qilish to'g'risidagi ko'rsatmasi bo'lgan, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorini tahririyat ko'rsatilgan muddatda bepul e'lon qilishi shart.
Boshqa har qanday xabar, axborot va e'lonlar tahririyat bilan o'zaro shartnoma tuzish asosida e'lon qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn«Ommaviy axborot vositalari to'g'risida»gi qonun
25-modda. Rasmiy xabarlar, axborot va e'lonlarni e'lon qilish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.