Nodavlat notijorat tashkilotining faoliyati sudning qarori bilan belgilangan muddatga to'xtatib qo'yilgan taqdirda uning ommaviy axborot vositalari muassisi tariqasidagi huquqlari to'xtatib qo'yiladi, unga ommaviy tadbirlar tashkil etish, bank omonatlaridan foydalanish taqiqlanadi, xo'jalik faoliyati, mehnat shartnomalari, o'z harakatlari (harakatsizligi) oqibatida yetkazilgan zararlarning o'rnini qoplash va jarimalar to'lashga doir xarajatlar bundan mustasno.
Agar nodavlat notijorat tashkiloti faoliyatini to'xtatib qo'yishning sud tomonidan belgilangan muddati mobaynida u o'z faoliyatining to'xtatilishiga sabab bo'lgan qoidabuzarlikni bartaraf etsa, mazkur muddat tugaganidan so'ng nodavlat notijorat tashkiloti o'z faoliyatini qaytadan boshlashi mumkin. Nodavlat notijorat tashkiloti ko'rsatilgan qoidabuzarlikni bartaraf etmagan taqdirda uning faoliyatini to'xtatib qo'yish to'g'risida sudga taqdimnoma kiritgan organ bu tashkilotni tugatish to'g'risida sudga taqdimnoma kiritishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Nodavlat notijorat tashkilotlari to'g'risida»gi qonun
35-modda. Nodavlat notijorat tashkilotining faoliyatini to'xtatib qo'yish oqibatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.