«Nodavlat notijorat tashkilotlari to'g'risida»gi qonun

36-modda. Nodavlat notijorat tashkilotini tugatish

(36-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Nodavlat notijorat tashkilotini tugatish uning yuqori organi qaroriga binoan yoki sud tartibida amalga oshiriladi. Nodavlat notijorat tashkilotining muassislari, qatnashchilari (a'zolari) yoki nodavlat notijorat tashkilotini tugatish to'g'risida qaror qabul qilgan organ davlat ro'yxatidan o'tkazuvchi adliya organi bilan kelishgan holda tugatish komissiyasini tayinlaydi. Nodavlat notijorat tashkilotini tugatish qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Kreditorlarning talablari qondirilgandan keyin qolgan mol-mulk tashkilot qatnashchilari (a'zolari), shuningdek rahbar organlarning a'zolari yoki nodavlat notijorat tashkilotlarining xodimlari o'rtasida taqsimlanishi mumkin emas hamda undan belgilangan tartibda foydalaniladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.