«Nodavlat notijorat tashkilotlari to'g'risida»gi qonun

34-modda. Nodavlat notijorat tashkilotining faoliyatini to'xtatib qo'yish

(34-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Nodavlat notijorat tashkilotining faoliyati u O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunchiligini buzgan taqdirda sud tomonidan to'xtatib qo'yilishi mumkin. Nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari to'g'risidagi qonunchilik buzilgan, shuningdek ustav maqsadlariga zid harakatlar sodir etilgan taqdirda prokuratura organlari yoki adliya organlari ko'rsatilgan qoidabuzarliklar to'g'risida mazkur nodavlat notijorat tashkilotining rahbar organlariga taqdimnoma kiritadi hamda bu qoidabuzarliklarni bartaraf etish muddatini belgilaydi. Agar bu qoidabuzarliklar belgilangan muddatda bartaraf etilmasa, nodavlat notijorat tashkilotining faoliyati prokuratura va adliya organlarining taqdimnomasi asosida sudning qarori bilan olti oygacha bo'lgan muddatga to'xtatib qo'yiladi. O'zbekiston Respublikasining hududida favqulodda holat joriy etilgan taqdirda nodavlat notijorat tashkilotining faoliyatini to'xtatib qo'yish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.