Code of Administrative Court Procedure

266³-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ko'rish muddatlari

Qoraqalpog'iston Respublikasi ma'muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma'muriy sudlari, O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan taftish tartibidagi shikoyat (protest) taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish to'g'risidagi ajrim chiqarilgan kundan e'tiboran bir oydan ortiq bo'lmagan muddatda ko'rib chiqiladi. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma'muriy ishlar bo'yicha sudlov hay'ati tomonidan taftish tartibidagi shikoyat (protest) u ko'rib chiqish uchun o'tkazilgan kundan e'tiboran bir oydan ortiq bo'lmagan muddatda ko'rib chiqiladi. Alohida hollarda, taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ko'rib chiqish muddati ishni ko'rayotgan sudlov hay'ati tomonidan ko'pi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga kelib tushgan taftish tartibidagi protest u O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga kelib tushgan kundan e'tiboran ikki oydan kechiktirmay ko'rilishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.