Code of Administrative Court Procedure

266¹-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ko'rmasdan qoldirish

Agar taftish tartibidagi shikoyat (protest) ish yuritishga qabul qilinganidan so'ng uning imzolanmaganligi yoxud uni imzolash huquqiga ega bo'lmagan yoki mansab mavqei yoki familiyasi va ismi-sharifining bosh harflari ko'rsatilmagan shaxs tomonidan imzolanganligi aniqlansa, ishni taftish tartibida ko'rayotgan sud shikoyatni (protestni) ko'rmasdan qoldiradi. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ko'rmasdan qoldirish to'g'risida sud ajrim chiqaradi. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ko'rmasdan qoldirish uchun asos bo'lib xizmat qilgan holatlar bartaraf etilganidan keyin shikoyat (protest) ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sudga yangidan berilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.