Code of Administrative Court Procedure

266²-modda. Taftish tartibidagi shikoyat (protest) bo'yicha ish yuritishni tugatish

Ishni taftish tartibida ko'rayotgan sud taftish tartibidagi shikoyat (protest) bo'yicha ish yuritishni quyidagi hollarda tugatadi, agar: 1) shikoyat (protest) sud hujjati ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega bo'lmagan shaxs tomonidan berilgan bo'lsa; 2) shikoyat (protest) Qoraqalpog'iston Respublikasi ma'muriy sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar ma'muriy sudlariga, O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudiga apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko'rilmagan sud hujjati ustidan berilgan, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma'muriy ishlar bo'yicha sudlov hay'atiga esa Qoraqalpog'iston Respublikasi ma'muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma'muriy sudlari, O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan taftish tartibida ko'rilmagan yoki ushbu Kodeksga muvofiq taftish tartibida shikoyat qilinmaydigan (protest keltirilmaydigan) sud hujjati ustidan berilgan va xatoga yo'l qo'yilib, ish yuritishga qabul qilingan bo'lsa; 3) shikoyat (protest) taftish tartibida ushbu sud tomonidan ko'rilgan sud hujjati ustidan berilgan va xatoga yo'l qo'yilib, ish yuritishga qabul qilingan bo'lsa; 4) shikoyat bergan shaxs tomonidan shikoyatdan voz kechish to'g'risida shikoyat ish yuritishga qabul qilinganidan keyin ariza kelib tushgan bo'lsa va voz kechish taftish instantsiyasi sudi tomonidan qabul qilingan bo'lsa; 5) protest keltirgan prokurordan yoki yuqori turuvchi prokurordan protestni chaqirib olish to'g'risida protest ish yuritishga qabul qilinganidan keyin ariza kelib tushgan bo'lsa; 6) ishda taraf bo'lgan yuridik shaxs shikoyat (protest) bo'yicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar tugatilgan bo'lsa; 7) ishda taraf bo'lgan fuqaro shikoyat (protest) bo'yicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar vafot etsa, nizoli huquqiy munosabat esa huquqiy vorislikka yo'l qo'ymasa. Taftish tartibidagi shikoyat (protest) bo'yicha ish yuritishni tugatish to'g'risida ajrim chiqariladi, uning ko'chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi. Taftish tartibidagi shikoyat (protest) bo'yicha ish yuritish tugatilgan taqdirda, ayni bir shaxsning ayni shu asoslar bo'yicha taftish tartibidagi shikoyat (protest) bilan sudga takroran murojaat qilishiga yo'l qo'yilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.