Code of Administrative Liability

324⁴³-modda. Sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rish to'g'risidagi arizani berish tartibi va muddati

Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rish to'g'risidagi ariza ushbu sud hujjatini qabul qilgan sudga sud hujjatini qayta ko'rish uchun asos bo'ladigan holatlar ochilgan kundan e'tiboran bir oydan kechiktirmay ishda ishtirok etuvchi shaxslar yoki prokuror tomonidan beriladi. Arizaning va unga ilova qilingan hujjatlarning ko'chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjatlar arizaga ilova qilinadi. Ariza berishning o'tkazib yuborilgan muddati ariza bilan murojaat qilgan shaxsning iltimosnomasi bo'yicha, agar iltimosnoma qayta ko'rish uchun asos bo'ladigan holatlar ochilgan kundan e'tiboran bir oydan kechiktirib berilgan bo'lsa va sud muddatni o'tkazib yuborish sabablarini uzrli deb tan olsa, sud tomonidan tiklanishi mumkin. Sud hujjati chiqarilgan paytdan e'tiboran bir yil o'tgach berilgan arizalar ko'rib chiqilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Ma’muriy jarima qarori ustidan shikoyatQaror nusxasini olgan kundan 10 kun ichida beriladi. Shablon organ, qaror raqami, asoslar va dalillarni so‘raydi, moddalarni o‘zi qo‘shadi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.