Ma'muriy javobgarlik kodeksi

324⁴¹-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'radigan sudlar

Birinchi instantsiya sudi tomonidan chiqarilgan, qonuniy kuchga kirgan qaror yangi ochilgan holatlar bo'yicha ushbu qarorni chiqargan jinoyat ishlari bo'yicha sud tomonidan qayta ko'riladi. Yangi ochilgan holatlar bo'yicha apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instantsiyasi sudining qaysi qarorlari bilan sud hujjati o'zgartirilgan yoki yangi sud hujjati qabul qilingan bo'lsa, o'sha qarorlarni qayta ko'rish sud hujjati o'zgartirilgan yoki yangi qaror qabul qilingan instantsiyada amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.