Ma'muriy javobgarlik kodeksi

324⁴²-modda. Sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rish asoslari

Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rish asoslari quyidagilardan iborat: 1) sud hujjati qabul qilingan paytda mavjud bo'lgan, lekin arizachiga ma'lum bo'lmagan va ma'lum bo'lishi mumkin bo'lmagan, ish uchun muhim holatlar; 2) sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan va mazkur ish bo'yicha qonunga xilof yoki asoslantirilmagan sud hujjati qabul qilinishiga sabab bo'lgan ekspertning bila turib yolg'on xulosa berganligi, guvohning bila turib yolg'on ko'rsatuvlar berganligi, bila turib yolg'on tarjima qilinganligi; 3) sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi, ajrimi bilan aniqlangan holatlar, ya'ni ishda ishtirok etuvchi shaxsning yoki uning vakilining yoxud sudyaning mazkur ishni ko'rish chog'ida sodir etilgan jinoiy qilmishlari; 4) jinoyat ishlari bo'yicha sudning yoki fuqarolik ishlari bo'yicha sudning yoxud iqtisodiy sudning mazkur ish bo'yicha sud hujjatini qabul qilish uchun asos bo'lib xizmat qilgan hujjati yoki boshqa organning qarori yoxud boshqa huquqiy hujjati bekor qilinganligi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.